Bugun jahon tennisining yangi mavsumida Simona Xalep, Elina Svitolina hamda Jil Simon ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Xitoyda o‘tkazilgan “WTA Shenzhen Open – 2018” turnirida dunyoning birinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep yakkalik bahslarida chexiyalik Katerina Sinyakovani 6:1, 2:6, 6:0 hisobida yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, u mazkur turnirda hamyurti Irina-Kameliya Begu bilan juftliklar o‘rtasida g‘alaba qozondi.

Ukrainalik Elina Svitolina Avstraliyada tashkil etilgan “Brisbane International – 2018” musobaqasining finalida belaruslik Aleksandra Sasnovich ustidan 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan Hindistonda o‘tkazilgan “Tata Open Maharashtra – 2018” turnirining so‘nggi bosqichida fransiyalik Jil Simon JAR sharafini himoya qilgan Kevin Andersonni mag‘lubiyatga uchratdi va joriy yildagi ilk sovriniga ega bo‘ldi.


























