O‘zbekiston 2027-yilgi futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyul 31, 2026

O‘zbekiston 2027-yilgi futbol bo‘yicha U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasining Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2027–2029-yillarda turli yosh toifalaridagi Osiyo kubogi musobaqalariga mezbonlik qiladigan davlatlar tasdiqlandi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, 2027-yilda futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 2027-yil 12–29-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

OFK ma’lumotiga ko‘ra, turnirni o‘tkazish huquqi yoshlar musobaqalari taqvimi va mezbon mamlakatlarni qayta taqsimlash doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga berilgan.

Shuningdek, OFK Ijroiya qo‘mitasi 2028-yilgi U-23 Osiyo kubogiga Yaponiyani mezbon etib belgiladi. Mazkur musobaqa 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga Osiyo mintaqasi uchun saralash turniri hisoblanadi. 2029-yilgi U-17 Osiyo kubogi esa Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 futbol terma jamoasi 2025-yilda Osiyo chempioniga aylangan va mamlakat tarixida ikkinchi bor ushbu nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘lgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi