Tadbirkor 3,40 gektar maydondagi 2 ta hovuzda oq amur, zog‘ora, do‘ngpeshona kabi baliqlarni parvarishlanmoqda

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 9, 2018

Tadbirkor 3,40 gektar maydondagi 2 ta hovuzda oq amur, zog‘ora, do‘ngpeshona kabi baliqlarni parvarishlanmoqda

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi «Po‘latjon zotli baliqlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2017-yilda faoliyat boshlagan.

Xo‘jalikning 3,40 gektar yeridagi 2 ta hovuzda oq amur, zog‘ora, do‘ngpeshona baliqlari parvarishlanmoqda.

2.JPG

– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida tadbirkorlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgani bizni yanada ruhlantirdi, – deydi «Po‘latjon zotli baliqlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Po‘latjon Ochilov. – Bizga bildirilgan ishonchga munosib javob bo‘lishimiz shart. Ana shunday qat’iyat bilan yangi yilda yuksak marralar uchun bugundan harakatni boshladik. Xo‘jalikda yana 7 ta hovuz tashkil qilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, yetishtirilgan baliqlarni saqlash uchun maxsus muzlatkich barpo etishni rejalashtirganmiz.