Andijonda sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat ochiq chempionatida sportchilar 6 vazn toifasida o‘zaro raqobatlashdi.
Chempionatda Oybek Usmonov, Abdurahmon Habibullayev, Navro‘z Nazarov, Husniddin Sadriddinov, Sardorbek Sharobiddinov hamda Temur Komiltopov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.


























