Futbolchilarimiz Yaponiya terma jamoasini “yanchib” tashladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 19, 2018

Futbolchilarimiz Yaponiya terma jamoasini “yanchib” tashladi

Xitoyda yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim finalga chiqdi.

Futbolchilarimiz ushbu bosqichda Yaponiya yoshlar termasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 31-daqiqasida Javohir Sidiqov jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqada Dostonbek Hamdamov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Birinchi bo‘limning 39-daqiqasida Jasurbek Yaxshiboyev yaponiyalik himoyachilarni birin-ketin aldab o‘tib gol urdi. Hisob – 3:0.

Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida Jasurbek Yaxshiboyev vaziyatdan unumli foydalanib, o‘zining ikkinchi, terma jamoamizning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. O‘yinning so‘ng daqiqalariga qadar hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa O‘zbekiston va Yaponiya yoshlar terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi.