Ko‘rgazmada kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar tomonidan o‘zlari tahsil olayotgan o‘quv muassasasida tayyorlagan sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va maishiy texnika jihozlari, qurilish materiallari, zardo‘zlik, kashtachilik, hunarmandlik, kasanachilik mahsulotlari, erkaklar, ayollar va bolalar liboslari, issiqxona va tajriba dalalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etildi.
– Viloyatdagi 3 akademik litsey, 48 kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan 31 mingdan ziyod o‘quvchiga 3 mingga yaqin malakali ustoz-pedagog saboq beradi, – deydi viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Alisher Hojimurodov. – Kollejlarda yoshlar 80 yo‘nalish bo‘yicha kasbga yo‘naltirilib, zamonaviy ta’lim olmoqda.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.





























