O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi «JAR» sport- sog‘lomlashtirish majmui huzuridagi xarbiylashtirilgan maxsus maktab-internatda Birinchi Prezidentimiz tavalludining 80 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
«Buyuk bobomizning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi» deb nomlangan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, olimlar, professor-o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Yurtimizning tinch va farovon hayoti, mamlakatimiz ravnaqi uchun mashaqqatli mehnat qilib, yuksak obro‘-e’tibor qozongan buyuk Prezidentimizning hayot yo‘li har bir insonga ibrat bo‘lishi, beqiyos xizmatlarini yoshlar ongiga singdirish katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.
Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashning huquqiy, tashkiliy asoslari, o‘g‘il- qizlarning iste’dod va salohiyatini yuksaltirish va rag‘batlantirish, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashning mustahkam poydevori yaratildi.
Tadbirda o‘quvchilarga yurtimizning rivojlanish bosqichlari, Birinchi Prezidentimiz tomonidan olib borilgan oqilona siyosat va erishilgan yutuqlar haqida so‘zlab berildi.
Maxsus maktab-internat o‘quvchilari poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.


























