O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga keldi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 15, 2018

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasining rasmiy kishilari kutib oldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvida hamda Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.