Gyunter KNABE Germaniyaning «Deutsche Welle» teleradiokompaniyasi jurnalisti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov o‘z yechimini kutib turgan masalalar doirasida Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishga oid o‘z taklifini o‘rtaga tashladi. Dunyo ekspertlari, bevosita qo‘shni mamlakatlar e’tiborini ayni davlatga qaratish orqali vaziyatni tubdan tahlil qilib, barqaror tinchlik va rivojlanishga erishish asosiy vazifa etib belgilangan. O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan ushbu konferensiya o‘z samarasini beradi deb o‘ylaymiz. Butun dunyo hamjamiyatining e’tibori qaratilgan anjumanda vaziyatni o‘rganib, uni tahlil qilib, barqaror tinchlikka erishish yo‘lida muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Ayni vaqtda bu voqealarni butun dunyo ahli kuzatayotgani ushbu mamlakatlar taqdiri barcha uchun qiziq ekanidan dalolatdir.


























