Toshkent xalqaro konferensiyasiga afg‘on xalqi katta umid bog‘lamoqda.

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 26, 2018

Toshkent xalqaro konferensiyasiga afg‘on xalqi katta umid bog‘lamoqda.

Fazel Ahmad Yalguz, Bi-Bi-sining Qobuldagi o‘zbek xizmati muxbiri: – Biz o‘zbek tilida mintaqaga, qo‘shni davlatlarga oid materiallar tayyorlaymiz. Afg‘onistonda yashayotgan o‘zbeklar uchun ko‘pgina sharoitlar yaratilgan. O‘zbek tilida ko‘plab kitoblar chop etilmoqda. Maktablarda o‘zbek tilida dars o‘tiladi. O‘zbek millatiga mansub aholi ta’lim, tarbiya, iqtisodiy yo‘nalishlarda mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston so‘zi xalqimiz uchun tinchlik qiyofasini, tinchlik so‘zining ma’nosini aslida nima ekanligini his etishga ko‘mak bermoqda. Toshkent haqida ko‘p bora eshitgan, internetda u haqida o‘qigan bo‘lsamda aslida uni yanada maftunkor ekaniga guvoh bo‘ldim.

Yurtingiz juda go‘zal mamlakat, ayniqsa, tinchlik, osoyishtalik, havosining yoqimli ekani mening havasimni keltirdi. Odamlarni madaniyati, mehri ko‘nglimni quvnatdi Bir hafta shu yerda qolmoqchiman. Niyatim, bizning Afg‘onistonimiz ham O‘zbekiston singari tinch bo‘lsin, rivojlansin.

Prezidentingiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro konferensiyasi ijobiy natija berishiga ishonaman. Vaholanki, bu hamkorlikka jafokash afg‘on xalqi katta umid bog‘lamoqda.