“Bahrayn–2025”: O’zbekiston oltin medallari 9 taga yetdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Oktabr 25, 2025

“Bahrayn–2025”: O’zbekiston oltin medallari 9 taga yetdi

Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Musobaqaning aralash jang san’ati bo‘yicha bahslarida 50 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Avaz Anvarov finalda qozog‘istonlik Sanjar Imang‘alini mag‘lub etib, III Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. 

Shuningdek, –55 kg. vazn toifasi final bahsida ishtirok etgan Ibrohim Botirov kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Taekvondo WT bellashuvlarining –73 kg vazn toifasida Ahadjon Muxtorov va –55 kilo og‘irlikda Ruxshonaxon Rashvanova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi 9 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

O‘zA