Buxoro bo‘ylab sayohat

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 21, 2025

Buxoro bo‘ylab sayohat

Buxoroda havo harorati ancha salqin bo‘lishiga qaramasdan shahar sayyohlar bilan gavjum. Xususan, “Avrud Travel” sayyohlik kompaniyasi tomonidan shu kunlarda Braziliya, Meksika, Turkiya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlardan 100 dan ziyod sayyohlarning Buxoro bo‘ylab sayohati amalga oshirilmoqda.

Sayohat davomida mehmonlar Buxoroning tarixiy markazidagi turizm namoyish ob’ektlari Labi Hovuz ansambli, savdo toqlari, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Chor Minor madrasasi hamda qator tarixiy qadamjolarda bo‘ldi. 

– Azim Buxoroda go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek va har qadamda tarix isi ufurib turadi, – dedi sayyohlardan biri. – Bu yerning o‘ziga xos iqlimi, boy madaniy merosi, xalqingizning urf-odatlari va milliy oshxonasini ta’riflashga so‘z ojiz. Men o‘ylaymanki, barcha turdagi sayyohlar shahringizni sevib qoladi. 

Joriy yilda Buxoro viloyatiga 2 million 200 ming nafar xorijiy turistlar tashrifini ta’minlash bo‘yicha reja qilingan. Buning natijasida turizm xizmatlari eksporti 600 million AQSH dollariga yetkaziladi. 

O‘zA