“Ozodlik” radiosining Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev vazifasidan ozod qilingani va uning o‘rniga Buxoro shahri hokimi vazifasida ishlab turgan Karim Kamolov tayinlagani haqida tarqatgan xabari noto‘g‘ri. Viloyat hokimi O‘. Barnoyev ayni shu daqiqalarda joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 16-fevral kuni Buxoroga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga hamrohlik qilmoqda.
Fevral 24, 2026

























