Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasida

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 14, 2018

Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasida

Toshkentdagi Inha universitetida Prezidentimizning 2017 yil 28 dekabrdagi “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi farmoyishi ijrosi doirasida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasining ijtimoiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillari, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

Unda davlat dasturi qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va liberallashtirishga xizmat qiladigan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar davlat dasturining asosiy bandlarini muhokama qildi, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga doir takliflari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, ta’lim sohasi hamda iqtisodiyotning turli sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.