Fojia qurbonlari oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 20, 2018

Fojia qurbonlari oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan dastlabki ro‘yxatga ko‘ra, 2018- yil 18- yanvar kuni Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyatida yuz bergan avtobus yong‘inida halok bo‘lganlarning 29 nafari va jabrlanganlarning 2 nafari Namangan viloyatidan, jumladan, 23 nafari To‘raqo‘rg‘on, 8 nafari Kosonsoy tumanidan safarga chiqqan fuqarolar ekani ma’lum bo‘ldi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi rahbarligida viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi kabi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi komissiyasi tuzildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat ishchi komissiyasi tomonidan mazkur tumanlarda fojia qurbonlarining oilaviy sharoitini o‘rganish, oila a’zolariga tibbiy-psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.