Fuqarolarning prokuraturaga ishonchi ortmoqda

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 3, 2018

Fuqarolarning prokuraturaga ishonchi ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuniga qatiy rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytirilgani natijasida aholining prokuratura  organlariga ishonchi ortmoqda.

Buni prokuratura organlariga murojaat qiluvchilar soni ko‘payib borayotganida ham ko‘rish mumkin.

Jizzax viloyati prokuraturasiga 2017-yilda 18 ming 652 murojaat kelib tushgan. Bu 2016-yilda qilingan murojaatlarga nisbatan 2 ming 633 taga ko‘pdir. Shuningdek, viloyat prokuratura organlari tomonidan 6 ming 460 fuqaro bevosita qabul qilingan. Ushbu murojaatlar va qabullar davomida 2 ming 425 fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanib, bu ko‘rsatkich 2016-yilga yilga nisbatan uch barobar ko‘paygan.

Bu haqda viloyat prokurorining xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasidagi  ахборотида ma’lum qilindi.