O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
«Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlatimiz rahbari kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
























