Sirdaryo viloyat onkologiya dispanserida Hindistonning «Apollo” klinikasining uch nafar shifokori sirdaryolik hamkasblari uchun mahorat darslari o‘tkazdi.
Sirdaryo viloyati hokimligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Hindistonning “Apollo” klinikasidan onkolog jarroh, doktor Shuayb Zaidi, plastik jarroh, doktor Shahin Nureyzdan, bolalar urologi, doktor Sujit Chovdhari tomonidan olib borilgan mahorat darslarida sog‘liqni saqlash tizimida onkojarrohlik, plastik jarrohlik, urologiya va dermatologiya yo‘nalishidagi yangi zamonaviy davolash usullari xususida atroflicha tushunchalar berildi.
Shu kuni viloyat shifokorlari hindistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda 2 jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi. Viloyat onkologiya dispanserida hindistonlik mutaxassislar tomonidan 220 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniq tashxis qo‘yildi va aniqlangan kasalliklar bo‘yicha zarur muolajalar belgilandi.

























