Ichki ishlar vazirligi soxta xabarnomalardan ogohlantirdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 22, 2018

Ichki ishlar vazirligi soxta xabarnomalardan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI OGOHLANTIRADI!” sarlavhasi bilan tarqatilayotgan e’lon ko‘rinishidagi, bir qancha imlo xatoliklarga ega matn O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlanmagan.

 
262f84a3-2bbc-93ce-c3d0-2e9c0863ba09.jpg


O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, vazirlik tomonidan soxta matnni tarqatayotgan shaxslarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida matnni tayyorlagan va tarqatgan shaxs xorijdan turib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani aniqlandi.

Hozirgi kunda soxta matnlarni tarqatish bilan shug‘ullanayotgan boshqa ijtimoiy manbalar ham o‘rganilmoqda.