Islomobodda Toshkent koʻchasi va Bobur bogʻi boʻladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 5, 2026

Islomobodda Toshkent koʻchasi va Bobur bogʻi boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent va yangidan barpo etiladigan bogʻga Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish marosimi boʻldi.

Bosh vazir Shahboz Sharif ushbu qaror ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarni aks ettirishi hamda Oʻzbekiston – Pokiston koʻp qirrali sheriklik munosabatlarining strategik darajasini yana bir bor tasdiqlashini taʼkidladi.

Toshkent koʻchasi va buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bogʻ xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro intilish qatʼiy ekanining yaqqol ramziga aylanishi alohida taʼkidlandi.