“Ishimni hech kimga o‘rgatmayman. Ertaga nonimni yarimta qiladi” degan qarashlar vaqti o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh kinoijodkorlarga tajribali ustozlarning ish uslubini o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Yosh kinochilar germaniyalik mashhur operator Maks Tsui va o‘zbekistonlik iste’dodli ijodkor Jasur Shametov bilan birga suratga olish maydonida.

Jasur Shametovdan sohaning sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh kinoijodkorlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamkorligida bahorning ilk kunidan amalga oshirilayotgan “SCORPION” trillerining suratga olish ishlarida muntazam qatnashib borishadi.

Germaniyalik mashhur operator, Kann xalqaro kinofestivali g‘olibi Maks Tsuidan operatorlik sirlarini o‘rganayotgan “Art House” tinglovchilari bu imkoniyatni katta maktab deb hisoblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Maks Tsui rejissyor Muxlisa Azizovaning bundan avvalgi loyihasi “Welcome to Bukhara”da ham hamkorlik qilgan edi. Rejissyor va operatorning Buxoro roligidagi hamkorligi “SCORPION”da davom etadi.