Mahalla taraqqiyoti yo‘lida bajarilgan vazifalar

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Dekabr 30, 2017

Mahalla taraqqiyoti yo‘lida bajarilgan vazifalar

Poytaxtimizda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparatining 2017- yildagi faoliyati yakunlari to‘g‘risida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yuksaltirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, ularning jamiyatdagi roli, o‘rni va ta’sirchanligini kuchaytirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 3- fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘layotir.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati tomonidan ham joriy yilda muayyan ishlar qilindi. Xususan, fuqarolar yig‘inlari faoliyatini takomillashtirishga oid 17 normativ-huquqiy hujjat hamda 16 chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilindi. Aholini yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, bo‘sh ish o‘rinlari haqida xabardor qilish maqsadida fuqarolar yig‘inlari binolarida ko‘rgazmali peshlavhalar jamlanmasining namunalari ishlab chiqilib, amalda joriy etildi.

Shuningdek, mahalla va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida xonadonlarga kirib, muloqotlar o‘tkazildi. Natijada ikki mingga yaqin oiladagi turli nizolar, ajralishlar va erta nikoh holatlarining oldi olingan. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini tiklash va yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironlar hamda tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

– Mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Namangan shahridagi Orzu xamda Parkent tumanidagi Markaziy mahallalari hamkorlik tizimi mamlakatimizning barcha mahallalarida yo‘lga qo‘yildi, – deydi Respublika mahallalar kengashi axborot xizmati boshlig‘i T.Nizomov. – Amalga oshirilgan chora-tadbirlarga ko‘ra joriy yilda mahallalardagi jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga kamaydi. Mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, o‘quvchilarning davomati, aholining, ayniqsa, kollej bitiruvchilari va uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash, jumladan, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida «Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi» Buxoro viloyati tajribasi misolida ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.