O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 26, 2018

Muz ustida bahslashuv

Poytaxtimizdagi “NEXT” savdo markazida joylashgan “Ice rink” muz saroyida Xalqaro narkotik moddalarni iste’mol qilish va ularning noqonuiy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida “Sog‘lom avlod uchun” kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport, Xalq ta’limi vazirliklari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan o‘tkazilgan turnirda ellikka yaqin yoshlar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Tadbirning ochilishida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova mamlakatimizda bolalar o‘rtasida qishki sport turlarini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida qayd etdi.

2.jpg

Ta’kidlanganidek, yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy sport majmualari barpo etilib, qishki sport turlari bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning har tomonlama sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

– “Sog‘lom avlod uchun” kubogi musobaqasi bizda ajoyib taassurot qoldirdi, – deydi Violetta Abramyans. – Men eng yosh ishtirokchi sifatida qayd etildim. Bu kabi turnirlar bizning mahoratimizni yanada oshiradi va sog‘lom raqobatni yuzaga keltiradi.

Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.