Navoiyda Dilnavoz Nosirova “XXI asr ayoli”, deya e’tirof etildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Iyun 26, 2018

Navoiyda Dilnavoz Nosirova “XXI asr ayoli”, deya e’tirof etildi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan “Donolik va tashabbuskorlik – siyosiy yetakchilik mezoni” shiori ostida o‘tkazilayotgan “XXI asr ayoli” ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. 
Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar “Partiya – mening taqdirimda”, “Agar men deputat bo‘lsam…”, “Loyihalar tanlovi” shartlari bo‘yicha o‘z bilim va intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Ular o‘z hududida partiya safiga yangi a’zolarni jalb etish, partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalarini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan loyihalardagi ishtiroki hamda davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlaridagi deputatlik guruhlari vakolatlaridan samarali foydalanish, fuqarolar murojaatini hal etish, jamoatchilik e’tiborini mavjud muammolarga qaratish yuzasidan tayyorlangan taqdimotini namoyish qildi.
Bellashuvda Zarafshon shahri vakili Dilnavoz Nosirova birinchi o‘rinni egallab tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.