Nukusda otliq va velosipedli patrul xizmati yo‘lga qo‘yildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 13, 2018

Nukusda otliq va velosipedli patrul xizmati yo‘lga qo‘yildi

Nukusda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda Milliy gvardiya hamkorligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Nukus shahrida otliq va velosipedli patrul xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ushbu hamkorlikning amaliy samarasidir.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat» konsepsiyasi asosida tashkil etilgan bunday xizmat o‘z samarasini bermoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ye.Qayipnazarov. – Jumladan, 2018-yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jinoyatchilik keskin kamaydi. Patrul-post xizmati bataloni va Milliy gvardiya xodimlari ko‘cha va xiyobonlarda, jamoat joylarida doimiy tezkor tekshiruvlar, profilaktika tadbirlari o‘tkazayotir.