Nurotada 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 16, 2018

Nurotada 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Nurotada barpo etilgan ob’ektlar soni 17 taga yetdi. Tuman markazida 3 milliard 280 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan “Yoshlik” yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi.

Kuniga 120 qatnovga mo‘ljallangan sport inshootiga 160 tomoshabinlar o‘rindig‘i o‘rnatilgan. “Temur Malik” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etilgan majmua nurotalik sportsevar yoshlarning sevimli maskaniga aylanib qolishi shubhasiz.

Bugungi kunda tumanda 7 ming 500 ga yaqin yoshlar sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanadi.