“O‘zbekenergo” AJda yangi tizim. U korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlaridan doimiy xabardor bo‘lish imkonini yaratadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 24, 2018

“O‘zbekenergo” AJda yangi tizim. U korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlaridan doimiy xabardor bo‘lish imkonini yaratadi

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalarning moliyaviy va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini almashish tartibi tezkorligini oshirish maqsadida joriy yilning yanvar oyidan boshlab buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oylik jamlash va konsolidatsiya qilish tizimi joriy etildi.

Hisobotlarni “Elektron raqamli imzo” (ERI) vositasida amalga oshirish jamiyat tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar moliyaviy axborotlarini qabul qilish va tahlilini amalga oshirish tezligini ta’minlaydi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ERI vositasida bajarilishi joylarda turib hisobotlarni taqdim etish imkonini yaratadi. Shuningdek, moliyaviy ma’lumotlar va qilingan tahlillar bo‘yicha chiqarilgan xulosa va ko‘rsatmalarning bajarilish davri uzviyligi ta’minlanadi.

– Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshlikni oshirish sharoiti talablaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalarida moliyaviy hisobotlarni tuzish va uni takomillashtirishda xorijiy tajribadan foydalanish masalasi muhim o‘rin tutadi, – deydi “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov. – Yangi joriy etilgan tizim korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlaridan o‘z vaqtida va doimiy xabardor bo‘lish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni baholash, tahlil qilish va olingan ma’lumotlar asosida kerakli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilish imkonini beradi.