Vashingtondagi Jon Xopkins nomidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr UzReport uchun intervyu berdi.
– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusi dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholondi. Mazkur tashabbus Janub tomon yuzlanishdir. Suv masalasi barcha uchun favqulodda muhim masaladir. Afg‘oniston suv bo‘yicha barcha muhokamalarda ishtirok etadi. Shunday ekan manfaatlar mushtarakdir. O‘zbekistonning yangi temir yo‘li Afg‘oniston hukumati uchun juda muhim. O‘zbekiston Afg‘oniston iqtisodiy taraqqiyotida asosiy rol o‘ynash imkoniyatiga ega.