Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan shunday mavzuda ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasida belgilab olingan masalalar xususida so‘z yuritilib, nufuzli konferensiya nafaqat Afg‘onistonda, balki mintaqa va butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlash, bu boradagi muzokaralarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda alohida o‘rin tutgani ta’kidlandi.
Dunyo hamjamiyati Toshkent xalqaro konferensiyasini Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etganini e’tirof etmoqda.

























