O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklari tartibga solinadi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 22, 2018

O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklari tartibga solinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lcham birliklarini qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat «Metrologiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimining o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq o‘lchamlarning boshqa birliklarini ham ishlatishga ruxsat berildi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishda, o‘quv, o‘quv-metodik va turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan o‘lcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qo‘llaniladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat berilgan Xalqaro o‘lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘lcham birliklari faqat o‘lchamning son qiymatini Xalqaro o‘lchamlar tizimining o‘lcham birliklarida ifodalash imkoni bo‘lmagan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi.

Unga ko‘ra, yassi burchak o‘lcham birligining «gradus», «minut», «sekund» belgilari satr ustida yoziladi. Sig‘im hajmining birligi «litr»ni L belgisi bilan ifodalash yo‘lga qo‘yiladi.