O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga nomzod saylandi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 9, 2018

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga nomzod saylandi

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda kursantlar, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi mas’ullari hamda tuman yoshlari qatnashdi.

Fakultet boshlig‘i J.Sobirov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir yoshlar uchun alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Podpolkovnik Azizbek Asadov uch nomzod orasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga saylandi.

Tadbir doirasida yoshlarni fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.