O‘zbekistonda birinchi ixcham to‘yni navoiylik tadbirkor boshlab berdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 21, 2018

O‘zbekistonda birinchi ixcham to‘yni navoiylik tadbirkor boshlab berdi

O‘zbekistonda birinchi ixcham to‘yni navoiylik tadbirkor boshlab berdi

Odatda imkoniyati yetadigan, yig‘ib-terganini to‘y bahona sarflaydigan yurtdoshlarimizga qarab, “Puli borda bemalol ishlatadi”, deb qo‘yamiz. Ammo topgan-tutganimizni behuda sarflash allaqachon jonimizga tekkan. Faqat buni o‘z hayoti misolida o‘rnak qilib ko‘rsatayotganlar yetishmayotgan edi, xolos.

Navoiy viloyatidan tadbirkor Nuriddin Habibov to‘rtta to‘yxona ishlarini yuritadi. Daromadi ham o‘ziga yarasha. Ammo u kamtarona to‘yni ma’qul ko‘rdi. O‘g‘li Amriddin Razzoqovning nikoh to‘yiga bir yuz yigirma mehmonni taklif qildi. Qiziltepa tumanidagi “XXI asr” nomli to‘yxonada ixcham va fayzli o‘tgan to‘y Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kutgan to‘ylarning biri bo‘ldi.

Tadbirkor yurtdoshimiz to‘ydan oldin ushbu tumandagi maktab internati jamoasiga Navro‘z saylini o‘tkazishda homiylik ko‘rsatgan edi. Bayram tadbiri davomida o‘quvchilarga o‘quv qurollari, bayram sovg‘alari ham ulashilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan kelin-kuyovlarga yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishi uchun sertifikat va kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.