O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Aktam Xolovning monografiyasi nufuzli Amazon nashriyotida yetti – ingliz, fransuz, nemis, italyan, portugal, ispan, rus tillarida nashr qilindi.
«Samarali boshqaruv qarorlarini baholash» nomli monografiyada mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqaruv qarorlari samaradorligini baholash mezonlari tizimi tahlil qilingan.
Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida boshqaruv qarorlari samaradorligini miqdoriy (quantitative) va sifat (qualitative) ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Muallif monografiyada qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari samaradorligining zamonaviy talablari va mezonlariga batafsil to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish mavzusiga oid ilmiy qarashlarni batafsil tahlil qilgan.
Ushbu kitob «Amazon» platformasi tomonidan sohaga oid eng istiqbolli qo‘llanma sifatida tanlab olingan va sotuvga qo‘yilgan.
O‘zA