Joriy yil 18-19 yanvar kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida “SEAMO-2025” X xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 23 davlatdan 1800 nafar o‘quvchi sinflar kesimida bellashdi.
O‘zbekistondan SEAMO olimpiadasining milliy saralash bosqichida 1000 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashib, ularning 60 nafari xalqaro bosqichga yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Ular Malayziyada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishdi.
Xususan, Xiva shahridagi Prezident maktabi 8-sinf o‘quvchisi Ibratbek Satimbayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Solihabonu Shaydullayeva, Samariddin Azzamqulov, Bunyod Iskandarov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Mohinur Safaravo, Javlon Hasanov, Afzalbek Jo‘rayev, Murod Choriyev, Akobir Ergashev, Yahyobek Sattorov, Mustafo Amirov, Jamshidbek Xolboyev, Iftixor Rasuljonov, Alixon Rahmatov bronza medaliga ega chiqdi.
O‘zA