Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Aktyubinsk viloyatida yuz bergan fojiali hodisaning sabablari haqida ma’lumot berdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 19, 2018

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Aktyubinsk viloyatida yuz bergan fojiali hodisaning sabablari haqida ma’lumot berdi

Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayevning ta’kidlashicha, avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchramagan, jinoiy faoliyat izlari ham yo‘q. 

Bu ko‘proq baxtsiz hodisaga o‘xshaydi, deya iqtibos keltirgan “Kazinform” axborot agentligi Yerlan Turgumbayevning so‘zlaridan.

Omon qolganlarning ko‘rsatmalariga qaraganda, yong‘in avtobus salonida kelib chiqqan. Salonda dastlab zaharli tutun tarqala boshlagan va bu yo‘lovchilarning gazdan zaharlanishga olib kelgan.

Eshiklar ochilishi bilan salonga kislorod kirgan va avtobus ichidan portlagan, deya taxmin qilgan Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri.

Qolaversa, avtobusning birinchi qavatida yuklarning ko‘pligi tepada o‘tirgan yo‘lovchilarning zudlik bilan tashqariga chiqishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi ham mumkinligi aytilgan.