Qozog‘istonlik shifokorlar avtobus yo‘lovchilarining nimadan halok bo‘lganini aniqlashdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 19, 2018

Qozog‘istonlik shifokorlar avtobus yo‘lovchilarining nimadan halok bo‘lganini aniqlashdi

Payshanba kuni Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida avtobusda chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘rgangan oqto‘balik shifokorlar ularni termik kuyish tufayli qurbon bo‘lgan degan xulosaga keldi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar qildi.

“Biz kechasi bilan ishladik, o‘limga olib kelgan sabablarni aniqlash maqsadida jasadlar autopsiyasini o‘tkazdik. Patalogoanatomik o‘rganishlar odamlar bo‘g‘ilishdan emas, termik kuyishdan halok bo‘lganini ko‘rsatdi”, degan sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aset Kaliyev.