Qurolli Kuchlar akademiyasida ma’ruza tinglandi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 1, 2018

Qurolli Kuchlar akademiyasida ma’ruza tinglandi

Qurolli Kuchlar akademiyasida ma’ruza tinglandiO‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi harbiy attashesi, podpolkovnik Yorg Fisher ma’ruza qildi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining dunyodagi yetakchi davlatlar armiyalari bilan harbiy hamkorlik dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda Germaniya qurolli kuchlari tuzilmalarining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z bordi.

2 (1).jpg

Y.Fisher Germaniyada aholi keksayishi tufayli harbiy xizmat masalasida muammolar yuzaga kelayotgan bir paytda yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadigan O‘zbekistonda aksariyat yigitlar armiya xizmatiga intilayotganini ijobiy baholadi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi malaka oshirish fakultetining qo‘mondonlik bo‘g‘ini ofitserlarini tayyorlash bo‘yicha oliy kurs tinglovchilari ma’ruzani katta qiziqish bilan tingladi.

8 (1).jpg

– Germaniya harbiy attashesining ma’ruzasi dunyodagi yetakchi davlatlar armiyalariga oid bilimlarimizni boyitishga yordam berdi, – dedi akademiya tinglovchisi mayor G‘olibjon Karimov. – Milliy armiyani rivojlantirishda ilg‘or xalqaro tajriba muhim o‘rin tutadi.