Rasman: Abduqodir Husanov – “Manchester Siti” futbolchisi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 21, 2025

Rasman: Abduqodir Husanov – “Manchester Siti” futbolchisi

Nafaqat, o‘zbekistonliklar balki, qit’amiz futbol ixlosmandlari kutgan Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi rasman e’lon qilindi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 20 yoshli o‘zbek futbolchisi Angliyaning amaldagi chempioni safiga borib qo‘shilishi dunyoda katta shov-shuv bo‘ldi.

Endi o‘zbek o‘g‘loni Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “MS” jamoasining asosiy tarkibidan o‘rin olishiga umid qilamiz. 

Shu o‘rinda, Abduqodir Husanovning faoliyatiga nazar tashlasak. Abduqodir Husanovni joriy yilgi transfer mavsumida Yevropaning top-5 chempionatlaridagi 20 ga yaqin klub o‘z safiga qo‘shish niyatida qiziqish bildirdi.  

Hatto ular orasida “Real Madrid“ kabi buyuk jamoa ham bor edi. Futbolchimiz 16 yoshida Belarus davlatiga borib, ikki yil davomida shunchaki mashg‘ulotlarda qatnashib yurgan. A.Husanov aslida tayanch yarim himoyachi bo‘lgan. Uning ilk klubi bo‘lgan “Energetik-BGU” murabbiylari uni himoya markazida o‘ynatishadi.  

Himoyachimizni 2023 yil “Lans” jamoasi “Energetik-BGU” klubidan 100 ming yevro evaziga sotib oladi. Futbolchimiz Fransiya chempionatiga tez moslashib ketdi. Joriy yilda esa mazkur klub futbolchimizni 40 million yevro va qo‘shimcha bonuslar bilan “Manchester Siti”ga sotdi.  

CIES ekspertlari 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning «Wyscout» ma’lumotlari asosida jahon futbolining eng istiqbolli o‘n nafar markaziy himoyachisi reytingini shakllantirdi.  

Ahamiyatlisi, Abduqodir Husanov ushbu reytingda 100 dan 81,8 ball to‘plab, eng yuqori pog‘onadan joy oldi.  

Futbolchimiz 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan va o‘sha dunyo birinchiligida “Manchester Yunayted” skautlari nazariga tushadi. Biroq, klub menejerlari bu transferga to‘sqinlik qilgan.  

Abduqodir Husanov o‘zining tez yugurishi bilan dunyo futbol mutaxassislari e’tiborini qozongan. Futbolchimiz ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi safida Parij Olimpiadasi, Fransiya hamda Angliya klublarida ishtirok etgan yagona o‘zbek futbolchisi sifatida mamlakatimiz sporti tarixida o‘chmas iz qoldirdi.  

«Transfermarkt» portaliga ko‘ra, 12 million yevro bilan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi. Ammo, “Manchester Siti”ga o‘tganidan so‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixidagi eng qimmat transfer egasiga aylandi.  

O‘zA