Rossiyaning Ryazan viloyatida O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi is gazidan zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 12, 2018

Rossiyaning Ryazan viloyatida O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi is gazidan zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vizirligi rasmiy sayti xabar berishicha, Razyan viloyati Ryajsk tumani (Rossiya) politsiyasi 2017-yil 11-yanvar kuni tunida Sheremetevo qishlog‘idagi xususiy uyda O‘zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi is gazidan zaharlangani haqida xabar berdi. Viloyat tergov boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi mahalliy fermada rasman mehnat qilib kelgan.

Vafot etganlar:

1. Samadov Panji Norsoatovich, 10.05.1966-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Qiziljar shaharchasi, Chortosh ko‘chasida istiqomat qilgan;

2. Pazilov O‘rmonjon No‘monovich, 22.01.1966-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan, Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Voxilxaram qishlog‘ida istiqomat qilgan;

3. Mirzojonov Alijon Yuldoshovich, 25.09.1969-yilda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan, Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, Chimyon qishloqi, Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qilgan;

4. Xayitov Samat Ilmuratovich, 09.07.1981-yilda Navoiy viloyati Navbaxor tumanida tug‘ilgan, Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 11-daha, 8-uy, 8-xonadonda istiqomat qilgan.

O‘zbekiston fuqarosi Saidov Sherxon Muhammadovich (26.11.1990-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Ulfatbibi qishlog‘i, Beshtuvo ko‘chasida istiqomat qiladi) Ryajsk tuman shifoxonasi reanimatsiya bo‘linmasida og‘ir ahvolda yotibdi.

Joyida amaliy yordam ko‘rsatish va zarur masalalarni hal qilish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Ryazan viloyatiga yo‘l oldi.