Singapurlik blogerlar O‘zbekistonni reklama qiladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 15, 2018

Singapurlik blogerlar O‘zbekistonni reklama qiladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Singapurning “Changi” aeroporti bilan hamkorlikda mamlakatimiz sayyohlik salohiyati va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida “Halalfoodblog.com” vakillarini O‘zbekistonga taklif qildi. 

Bu haqda Milliy avikompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha mehmonlar infotur davomida o‘zbek xalqining urf-odatlari, tarixi, madaniyati, milliy oshxonasi bilan yaqindan tanishadi, islom merosining muqaddas joylarini ziyorat qiladi. Singapurlik blogerlar O‘zbekiston haqidagi taassurotlarini foto va videolavhalarga jamlab, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, “Halalfoodblog.com”, “Changi” aeroportinining rasmiy saytiga joylashtirib boradi.

Xabarda loyiha ishtirokchilariga “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan Singapur-Toshkent-Buxoro va Toshkent-Singapur yo‘nalishlari bo‘yicha bepul aviachiptalar taqdim etilgani ma’lum qilingan.

Infotur bugun yakunlanadi.