Soliq islohoti: fuqarolar uchun imtiyoz va mas’uliyat

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Mart 31, 2018

Soliq islohoti: fuqarolar uchun imtiyoz va mas’uliyat

Milliy matbuot markazida Davlat soliq qo‘mitasi mas’ul vakillari aholini tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va yer uchastkalaridan samarali foydalanishi borasida soliq tizimidagi islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari E.Gadoyev O‘zbekiston soliq siyosatida tub islohotlar davri boshlangani, bunda asosiy e’tibor fuqarolar, tadbirkorlar uchun soliq yukini kamaytirish, soliq to‘lashning soddalashtirilgan tizimini yaratishga qaratilganini ta’kidladi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, bugun keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Matbuot anjumanida jismoniy shaxslar tomonidan daromad solig‘ini to‘lash tizimidagi talablar va yangiliklar haqida gapirildi.

Ma’lumki, jismoniy shaxslar o‘z daromadi bo‘yicha jami yillik deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq xizmati organiga har yili 1-apreldan kechiktirmay taqdim etishi lozim. Deklaratsiya asosida hisoblab chiqilgan daromad solig‘i 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi. Bunda mol-mulkni ijaraga berish orqali daromad olayotgan fuqarolarning soliq to‘lash tartibi biroz farqlanadi. Bu shaxslar ijaradan daromad ola boshlagan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin 5 kunlik muddatda dastlabki deklaratsiyani soliq organiga topshirishi kerak. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra, mol-mulkdan daromad olayotgan jismoniy shaxslar deklaratsiyada ko‘rsatilgan summaning 7,5 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

Фуқароларга қулайлик яратиш мақсадида Давлат солиқ қўмитасининг www.my.soliq.uz электрон солиқ хизматлари порталидаги “Электрон солиқ декларациялари” давлат интерактив хизмати йўлга қўйилган. Бу хизматдан фойдаланиш учун фуқаро электрон имзога эга бўлиши керак. Ҳозирча электрон имзога эга жисмоний шахслар кўп эмас. Мутахассислар жисмоний шахснинг асосий бўлмаган иш жойидан олган даромадидан унинг аризасига кўра солиқ энг юқори ставка асосида ушлаб қолинган бўлса, декларация тақдим этилмаслигини айтиб ўтди.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga soliq imtiyozlari joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi qarori bilan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 81 faoliyat turi tasdiqlangan. Yoshlar kasb-hunar kollejlarini bitirgandan so‘ng 12 oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan e’tiboran 6 oy muddat qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi. 2017-yilda 20 mingga yaqin kasb-hunar kolleji bitiruvchisi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ular yuqorida aytilgan soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Fuqarolar o‘z tomorqa va yer uchastkalaridan unumli foydalansa, soliq imtiyoziga ega bo‘ladi. Tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, tomorqadan maqsadli foydalanmagan yer egasiga nisbatan yer solig‘ining 3 barobari miqdori qo‘llaniladi.