Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan 169 nafari Surxondaryo viloyatida ish boshladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 29, 2018

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan 169 nafari Surxondaryo viloyatida ish boshladi

Ular viloyat ixtisoslashgan tibbiyot birlashmalari, tuman va shahar shifoxonalari, qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari va boshqa tibbiyot muassasalarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat sog‘liqni saqlash tizimida 1 ming 884 malakali mutaxassisga ehtiyoj mavjud. Prezidentimizning 2017-yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga 130 maqsadli qabul amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida hozir 1 mingdan ortiq surxondaryolik o‘g‘il-qiz kasb sirlarini o‘rganayotir.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan viloyatda malakali mutaxassis-kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Norqobilov. – Shu maqsadda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tashkil etilib, joriy yil fevral oyidan 300 nafar talabaning o‘qishi uchun keng imkoniyat yaratildi. Ayni paytda yangi ishga qabul qilingan malakali yosh shifokorlarga zarur sharoitlar yaratilib, ehtiyoji bor mutaxassislarni uy-joy bilan ta’minlash choralari ko‘rilayotir.

Yangi yilning dastlabki oyidan viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat boshlagan yosh shifokorlarning 16 nafari magistr darajasiga ega. 25 nafari klinik ordinatura, 125 nafari umumiy amaliyot shifokorlaridir.