Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari itiruvchilaridan 72 nafari Jizzax viloyatida ish boshladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 12, 2018

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari itiruvchilaridan 72 nafari Jizzax viloyatida ish boshladi

Jizzaxda mamlakatimiz tibbiyot bilim yurti bitiruvchilaridan 72 nafari ishga qabul qilingani sohani yosh mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Bu yosh shifokorlarga diplom topshirish, ularning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda alohida ta’kidlandi.

Yosh shifokorlarning 26 nafari Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14 nafari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 24 nafari Samarqand davlat tibbiyot instituti, 3 nafari Buxoro davlat tibbiyot instituti, 5 nafari Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bitiruvchilaridir. Ularning 19 nafari qishloq vrachlik punktlari, 24 nafari qishloq oilaviy poliklinikalari, 20 nafari tuman markazlaridagi tibbiyot muassasalariga, 9 nafari viloyat ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida ish boshladi.

– Tibbiyot sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimining takomillashtirilayotgani vrachlar yetishmasligi muammo bo‘lgan hududimiz uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i F.Norqo‘ziyev. – Bugun viloyatimizda ish boshlayotgan yosh mutaxassislar aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlarga yangi kuch bo‘lib qo‘shildi. Ular oliy o‘quv yurtida olgan bilimlarini malakali shifokorlar tajribasi asosida amaliyot bilan mustahkamlab, xalqimizga munosib xizmat qilishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ishga qabul qilingan yosh mutaxassislarni turar joylar bilan ta’minlash choralari ham ko‘rilayotir.

Sohadagi muammolardan biri – mutaxassis kadrlar yetishmasligini bartaraf etishda dastlabki bosqich amalga oshirildi. Prezidentimizning 2017 yil 5 maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida Jizzax viloyatidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga 127 nafar maqsadli qabul amalga oshirildi.

– Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ushbu sohadagi 50 yillikdan ziyod faoliyatimga asoslanib, misli ko‘rilmagan, deb bemalol ayta olaman, – deydi mehnat faxriysi, tibbiyot fanlari nomzodi Islomqul Subhonqulov. – Bir yilda sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan 30 ga yaqin farmon va qaror qabul qilindi. Ro‘y berayotgan yaxshi o‘zgarishlarni odamlar o‘zlarining kundalik hayotlarida ko‘rib turibdi. Birlamchi tibbiy yordam, ixtisoslashgan xizmat, kadrlar ta’minoti – bularning barchasi odamlarni rozi qilmoqda. Ana shunday qizg‘in jarayonda ish boshlayotgan yosh mutaxassislar yangilanishlar ko‘lamini his etib, ishga yangicha yondashishiga ishonaman.

Shifokor xalq ishonchi, mehri va hurmatini faqat fidokorona mehnati, kasbga sadoqati bilan qozonishi mumkinligi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida yosh mutaxassislar Jizzax shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirdi. Atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov haykalini ziyorat qildi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Soliyev so‘zga chiqdi.