«Toshkent – Chimkent – Toshkent» yo‘nalishida avtobus yo‘l kira haqi arzonlashdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Fevral 22, 2018

«Toshkent – Chimkent – Toshkent» yo‘nalishida avtobus yo‘l kira haqi arzonlashdi

Ma’lumki, Toshkent shahri va Qozog‘istonning Chimkent shahri o‘rtasida joriy yil 8 yanvardan muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan va yo‘l haqi 80 ming so‘m etib belgilangan edi.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda «Manzara tourism» MChJ mas’ul vakillari ma’lumotiga ko‘ra, kira 60 ming so‘mga tushirilgan. Bugungi kunda ikki tomondan 3 qatnov amalga oshirilmoqda. «Toshkent» avtovokzalidan soat 8.00, 13.00 va 18.00da yo‘lga chiqish mumkin. Chimkentdan Toshkentga avtobuslar Qozog‘iston vaqti bilan 9.00, 14.00 va 19.00 da harakatlana boshlaydi.

«Toshkent» avtovokzali chiptaxonasidan bildirishlaricha, 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘l haqining 50 foizi to‘lanadi. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chipta tekin.

8-31 yanvar kunlari Toshkentdan 762, Chimkentdan 622 yo‘lovchi manziliga yetkazildi. Fevral oyining o‘tgan 15 kunida bu ko‘rsatkich mos ravishda 355 hamda 425 tani tashkil etgan.