O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, havoning keskin sovushi sababli Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida isinish va birinchi yordam ko‘rsatish joylari tashkil etilgan.
Ularga boshpanasiz fuqarolar murojaat qilishni boshlagan.
Yordam ko‘rsatish joylari poytaxt hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar hamda Ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esib, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

























