Toshkent viloyatidagi turli idora va muassasalar rahbarlari oila a’zolari bilan O‘zbek Milliy akademik drama teatriga keldi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 16, 2018

Toshkent viloyatidagi turli idora va muassasalar rahbarlari oila a’zolari bilan O‘zbek Milliy akademik drama teatriga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi joylarda aholining keng qatlamlari madaniy jihatdan namunali hordiq chiqarishini ta’minlash, jumladan, rahbar va xodimlar tashkiliy ravishda teatrlarga oilaviy tashrif buyurishini tashkil qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

13- yanvardan boshlangan ijodiy loyihaga muvofiq Toshkent viloyatidagi turli idora va muassasalar rahbarlari oila a’zolari bilan O‘zbek Milliy akademik drama teatrining sara sahna asarlari – Izzat Sulton qalamiga mansub «Imon» spektakli hamda qoraqalpoq adibi O‘rozboy Abdurahmonovning komik janrdagi «O‘jarlar» sahna asaridan bahramand bo‘ldi.

Loyiha doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrining «Ikki dil dostoni» balet-spektakli Toshkent shahridagi mahalliy hokimlik va idoralar, korxonalar, tashkilotlarning mutasaddilari, ularning oila a’zolari hukmiga havola etildi. Atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab qayta sahnalashtirilgan mazkur sahna asari kompozitor Orif Melikov tomonidan yaratilgan bo‘lib, u muhabbat, sadoqat, mehr-vafo kabi samimiy tuyg‘ularni tarannum etishi bilan tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.

Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida teatr jamoalari mamlakatimizning turli hududlaridagi san’at koshonalarida o‘zining eng mukammal spektakllarini namoyish etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, shu kunlarda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi Namangan viloyatida «Dildagi dog‘» hamda «Jaydari kelin» nomli sahna asarlarini tomoshabinlarga taqdim etmoqda.

23- yanvarga qadar davom etadigan mazkur loyiha doirasida poytaxt teatrlari yurtimizning barcha hududlariga ijodiy safar bilan borishi ko‘zda tutilgan.