Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida yangi loyihaga start berdi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 26, 2018

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida yangi loyihaga start berdi

Loyihaga ko‘ra, umumta’lim maktablarida “Targ‘ibotchi kitobxon- o‘quvchi” nominatsiyasi joriy etiladi. Mazkur nominatsiyaga munosib yoshlar o‘z tengdoshlari orasida kitobxonlikni targ‘ib qiladi, deya Vazirlik matbuot xizmatidan ma’lum qilishdi.

Bunday o‘quvchi ta’lim muassasasining 7-10 sinf o‘quvchilaridan ochiq ovoz berish yo‘li bilan tanlab olinib, u maktab kutubxonachisi bilan mutolaa madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Targ‘ibotchi kitobxon-o‘quvchi uchun maktab kutubxonasida alohida joy ajratib beriladi. U Kitobxonlar klubini tashkil etadi va yuritadi. Qolaversa, o‘quvchilar orasida kitob mutolaasiga nisbatan mehr uyg‘otish va uni rag‘batlantirish maqsadida maktab ma’muriyati yordamida turli ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, aksiya va tanlovlar o‘tkazadi.

Vazirlik tomonidan tizimdagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga targ‘ibotchi kitobxon-o‘quvchilarga yaqindan yordam ko‘rsatish va shaxsiy namuna ko‘rsatish tavsiya etilgan.

O‘quv yili yakunida mamlakat miqyosida eng faol kitobxon targ‘ibotchilar aniqlanadi.