Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi tashkil etiladi

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Dekabr 15, 2025

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi tashkil etiladi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Prezidentning “Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-350-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi (Akademiya) faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi. Jumladan:

• dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatish va mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

• 1 oygacha bo‘lgan malaka oshirish hamda 8 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish.

Mazkur akademiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tuzilmasiga kiradi. Muassasada o‘qitish O‘zbekistonda amaldagi ta’lim shakllarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.

2025 yil 1 dekabrdan:

• turizm sohasi subyektlari mutaxassislari shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.

• har yili Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarida ta’lim olish uchun maxsus grant ajratiladi.