Xorijdagi vatandosh Shahodat Ulug‘: “Farzandlarimning har birining qalbida O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish istagi bor”

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Yanvar 31, 2018

Xorijdagi vatandosh Shahodat Ulug‘: “Farzandlarimning har birining qalbida O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish istagi bor”

– Garchand biz Vatanimizdan olisda bo‘lsak-da, ammo bir zum ham yurtimizni yodimizdan chiqarmadik, farzandlarimizni O‘zbekistonga chuqur muhabbat ruhida tarbiyaladik. 

To‘ng‘ich o‘g‘limiz Shamshodbek Ahmedov Niderlandiyaning yetakchi futbol klubi – “AYAKS” jamoasida sport tibbiyoti yo‘nalishida amaliyot o‘tamoqda. Bu yerda olgan bilim va tajribalarini kelgusida O‘zbekistondagi bolalar futbolida tadbiq etishni maqsad qilgan.

1111111.jpg

Qizimiz Nurxon Ahmedova Qirollik xonadoni va YUNESKO shafeligi ostidagi eng obro‘li gimnaziyaning ilg‘or o‘quvchisidir. Shu bois Nurxon yaqinda Niderlandiyadagi umummilliy xotira majmuasini ochish marosimida Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va qirolicha Maksima xonimga hamrohlik qilib, ularning ham minnatdorchiligiga sazovor bo‘ldi.

Ayni vaqtda qizim AQShning Harvard Universitetida xalqaro huquq yo‘nalishida o‘qishni davom ettirish uchun maxsus dasturlarda ishtirok etmoqda. U endigina 13 yoshga kirdi.

Farzandlarimning qalbida O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish istagi bor. Men buni bir ona sifatida dildan his qilaman…