Yakka tartibdagi tadbirkorlik bo‘yicha 600 ga yaqin deputatlik so‘rovi yuborilgan

O'zbekiston investitsiya portali

76 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga elektron viza olishlari mumkin boʻladi (Roʻyxat)

Oʻzbekiston 45 ta davlat fuqarolari uchun vizani bekor qilishni eʼlon qildi (Roʻyxat)

Oʻzbekistonga sayohat qilayotgan Hindiston fuqarolari uchun muhim viza maʼlumotlari

Aprel 28, 2018

Yakka tartibdagi tadbirkorlik bo‘yicha 600 ga yaqin deputatlik so‘rovi yuborilgan

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining bugungi holati, rivojlantirish istiqbollariga masalalariga bag‘ishlangan amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash kerakki, partiya tashabbusi bilan joriy yilning fevral-aprel oylarida 170 tuman va 30 ta shahardagi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yakka tartibdagi tadbirkorlikka oid amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir 15 dan ortiq masala muhokama etildi. Jumladan, mahalliy hokimliklar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar sonini aniqlashga va ishlamayotgan yoki ma’lum sabablarga ko‘ra faoliyatini to‘xtatganlar muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatga olish, ularning soliq va boshqa majburiy to‘lovlar yuzasidan to‘lov qobiliyatini oshirish, kredit ajratishda xalqaro tajribaga asosan ta’minotning muqobil shakllarini qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. O‘rganilgan masalalar yuzasidan 600 ga yaqin deputatlik so‘rovi yuborildi.

Tadbirda hunarmandlik faoliyatini rivojlantirish, hunarmandlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta tushumlarini oshirish, hunarmadlik zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar muhokama etildi.

Muloqot yakunida tadbirkorlar bilan muntazam muloqotlar o‘tkazish, bu jarayonga chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini ham jalb etishga kelishib olindi.